BUFER ERITMALAR VA BIOLOGIK TIZIMLAR

Авторы

  • Sarvar Sadullayev Автор
  • Muxlisa Tog‘ayeva Автор

Ключевые слова:

bufer eritma, pH, biologik tizim, bikarbonat buferi

Аннотация

Ushbu maqolada bufer eritmalarning kimyoviy tabiati, ularning asosiy xususiyatlari hamda biologik tizimlardagi ahamiyati keng yoritilgan. Tirik organizmlarda ichki muhitning pH ko‘rsatkichini doimiy saqlab turish hayotiy jarayonlarning normal kechishi uchun muhim hisoblanadi. Bufer tizimlar fermentlar faolligi, modda almashinuvi, hujayra membranasi barqarorligi va qonning fiziologik holatini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada bikarbonat, fosfat va oqsil bufer tizimlarining ishlash mexanizmlari tahlil qilingan

Опубликован

2026-05-08