АHOLI DEMOGRAFIK JARAYONLARINI STATISTIK BAHOLASHDAGI MUAMMOLAR VA ULARNI HAL ETISH YOʻLLARI
Ключевые слова:
demografik jarayonlar, statistik baholash, demografik ko‘rsatkichlar, baholovchi koeffitsentlarАннотация
Mazkur maqolada aholi demografik jarayonlarini statistik baholashda yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etishning ilmiy-amaliy yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqotda demografik jarayonlarning asosiy tarkibiy qismlari - tug‘ilish, o‘lim, migratsiya, aholi soni va uning yosh-jins tarkibi statistik ko‘rsatkichlar hamda baholovchi koeffitsentlar orqali o‘rganildi. Statistik baholashdagi muammolar ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligi, ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligi, migratsiya jarayonlarining yashirinligi va metodologik xatoliklar nuqtayi nazaridan tizimli tahlil qilindi. Maqolada indikatorlarga asoslangan xavf tahlili yondashuvi qo‘llanilib, demografik muammolarning xavf darajasi baholandi. Tadqiqot natijalari demografik jarayonlarni statistik baholashda kompleks va standartlashtirilgan yondashuvlardan foydalanish zarurligini ko‘rsatadi. Ilgari surilgan takliflar demografik statistika tizimini takomillashtirish, demografik siyosat samaradorligini oshirish va uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirishni ilmiy asoslashga xizmat qiladi