O‘ZBEK ADABIYOTIDA TIL MADANIYATINING BADIIY IFODASI VA UNING ZAMONAVIY NUTQGA TA’SIRI
Keywords:
o‘zbek adabiyoti, til madaniyati, badiiy nutq, estetik ifoda, uslubiy mahorat, adabiy til, nutq madaniyatiAbstract
Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotida til madaniyatining badiiy ifodalanishi va uning zamonaviy nutq madaniyatiga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilingan. Adabiy asarlarda tilning badiiy imkoniyatlari, so‘z tanlash, uslubiy mahorat, milliy ma’naviyat va estetik tafakkur bilan uyg‘unlashuvi o‘rganiladi. XX asr va mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti namoyandalarining badiiy nutq orqali madaniyat, axloq va ma’rifatni shakllantirishga qo‘shgan hissasi misollar asosida ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot hozirgi o‘zbek jamiyatida yozma va og‘zaki nutqning takomillashuvi, adabiy til normalariga rioya qilish, so‘z boyligidan ongli foydalanish jarayonlariga adabiyotning ta’sirini ochib beradi. Xulosa o‘rnida, badiiy asarlar tildagi estetik mezonlarni mustahkamlayotgani, yosh avlodning nutq madaniyatini rivojlantirishda muhim manba vazifasini o‘tayotgani ta’kidlanadi