IQLIM O‘ZGARISHINING IJTIMOIY-IQTISODIY OQIBATLARI

Authors

  • LOBAR AXMEDOVA Author

Keywords:

iqlim o‘zgarishi, global isish, havo harorati, qurg‘oqchilik, suv resurslari, ekologik barqarorlik

Abstract

Mazkur maqolada iqlim o‘zgarishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari tahlil qilinadi. Global iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelayotgan haroratning oshishi, qurg‘oqchilik, suv resurslari tanqisligi va ekstremal ob-havo hodisalari iqtisodiyotning turli tarmoqlari hamda aholi turmush darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligi, sanoat, energetika, sog‘liqni saqlash va mehnat bozoriga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, iqlim xavflarini kamaytirish va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yoritilgan. Tadqiqot natijalari iqlim o‘zgarishi sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi

Downloads

Published

2026-06-19