IQBOL MIRZO SHE'RLARIDA MORFOLOGIK VA SINTAKTIK VOSITALAR TAHLILI
Keywords:
sintaktik vositalar, leksik tahlil, takror, soʻz tanloviAbstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo she’rlarida qo‘llanilgan leksik va sintaktik vositalar, xususan, o‘xshatish va ritorik figuralarning badiiy matndagi o‘rni tahlil qilinadi. Bundan tashqari, tadqiqot jarayonida shoir ijodida uchraydigan sinonimiya, takror, emotsional-ekspressiv birliklar kabi leksik vositalarning badiiy matn mazmunini ochishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, lirik matn tili, shoirning soʻz qoʻllash mahorati, parallelizm, inversiya, gradatsiya kabi sintaktik vositalarning she'riy matnda obrazlilik va ta'sirchanlikni kuchaytirishdagi ahamiyati ochib beriladi. Tahlil natijalari shuni koʻrsatadiki, Iqbol Mirzo she'rlarida til vositalari lirik qahramonning ruhiy kechinmalarini ifodalashda muhim vosita hisoblanadi