GIPOTONIK QON KETISHDA BACHADONNING MORFOLOGIK O‘ZGARISHLARI

Authors

  • Hafiza Asanova Author

Keywords:

gipotonik qon ketish, bachadon, tug‘ruqdan keyingi bachadon, bachadon morfologiyasi

Abstract

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda onalar o‘limi tarkibida qon ketish 6,4 %, ekstragenital kasalliklar 71,4 % va septik asoratlar 8,1 % ni tashkil etgan. Tug‘ruqdan keyingi qon ketishining eng keng tarqalgan sabablaridan biri (64–80 %) bachadon gipotoniyasi bo‘lib, bunda bachadonning tonusi va qisqarish qobiliyati reflektor javob saqlangan holda keskin pasayadi. Gipotonik qon ketish tug‘ruqdan keyingi davrning eng og‘ir va hayot uchun xavfli asoratlaridan biri bo‘lib, butun dunyo akusher-ginekologlarining diqqat markazida qolmoqda. Samaradorlik, xavfsizlik va maqsadga muvofiqlik tamoyillariga javob beradigan zamonaviy gemostaz usullarini izlash dolzarb hisoblanadi. Bachadon arteriyalarining embolizatsiyasi gipotonik qon ketishni davolashda muhim o‘rin egallaydi. Tadqiqotchilarning keyingi izlanishlari endovaskulyar organ saqlovchi usullarning uzoq muddatli natijalarini, ularning ayollarning reproduktiv salohiyati va hayot sifatiga ta’sirini baholashga qaratilgan

Downloads

Published

2026-02-07