O‘TKIR HOSHIMOV IJODIDA ONA OBRAZI (“DUNYONING ISHLARI” ASARI MISOLIDA)

Authors

  • Maysara Eshniyazova Author

Keywords:

Ona obrazi, O‘tkir Hoshimov, badiiy tasvir, ma’naviy qadriyat, mehr-muhabbat, milliy mentalitet

Abstract

Ushbu maqolada O‘tkir Hoshimov ijodida ona obrazining badiiy talqini, uning ma’naviy-estetik mohiyati va adib yaratgan onalar timsolining o‘zbek adabiy jarayonidagi o‘rni har tomonlama tahlil qilinadi. Ona obrazi adib ijodining markaziy mavzularidan biri bo‘lib, unda o‘zbek ayolining mehr-oqibati, sabr-toqati, matonati, fidoyiligi va oilaga sadoqati o‘ziga xos samimiylik bilan aks etadi. Maqolada “Dunyoning ishlari”, “Odamlar nima derkin?”, “Ikki eshik orasi”, “Nur borki, soya bor” kabi asarlarda ona timsolining shakllanishi, uning xarakter xususiyatlari, ruhiy kechinmalari, jamiyatdagi ma’naviy mezon sifatidagi o‘rni tahliliy asosda yoritiladi. Adibning ona obrazini tasvirlash uslubida nostalgiya, lirizm, hayotiy voqealar asosidagi dramatizm va chuqur psixologizm asosiy badiiy vosita sifatida namoyon bo‘lishi maqolada alohida baholanadi. Tadqiqot davomida O‘tkir Hoshimov yaratgan ona obrazining milliy mentalitet va umumbashariy qadriyatlar bilan bog‘liqligi, uning o‘zbek oila modeli va jamiyatdagi tarbiyaviy tamoyillarni aks ettiruvchi badiiy timsol sifatidagi ahamiyati ilmiy nuqtai nazardan asoslab beriladi. Shuningdek, ona obrazining zamonaviy o‘quvchi ongiga ta’siri, adabiy-estetik qimmati, jamiyatda mehr, vijdon, halollik, insoniylik kabi fazilatlarni targ‘ib qilishdagi o‘rni ham o‘rganiladi

Downloads

Published

2026-01-24