MUSIQA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA QO'LLANILADIGAN METODLAR

Authors

  • Ro'zimbek Tursinov Author

Keywords:

musiqa ta’limi, metod, pedagogik yondashuv, musiqiy idrok, kuylash usullari

Abstract

Ushbu maqolada musiqa darslarini samarali tashkil etishda qo‘llaniladigan metodlarning mazmun-mohiyati, ularning pedagogik ahamiyati va o‘quvchilarning musiqiy tafakkuri hamda estetik didini shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Musiqa ta’limida an’anaviy, innovatsion, interaktiv va ijodiy yondashuvlarga asoslangan metodlar o‘zaro taqqoslanib, har birining ta’lim jarayonidagi afzalliklari ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, musiqa darslarida qo‘llaniladigan kuylash, tinglash, ritmik harakatlar, musiqiy tasavvur va ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan metodlarning psixologik-pedagogik jihatlari batafsil tahlil qilingan. Maqolada o‘qituvchining dars jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishi, multimediya vositalari yordamida o‘quvchilarning musiqiy idrokini chuqurlashtirish hamda mustaqil ijodkorligini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Ta’limning yangi shakl va usullaridan samarali foydalanish o‘quvchilarda musiqiy madaniyatni shakllantirish, musiqiy tafakkur va eshituv qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan

Downloads

Published

2026-01-24