XORIJIY TIL O'RGANISHDA TINGLAB TUSHUNISH KO'NIKMASINING AHAMIYATI
Keywords:
tinglab tushunish, xorijiy til o‘rganish, audio materiallar, kommunikativ kompetensiya, og‘zaki nutq, eshitib idrok etishAbstract
Xorijiy til o‘rganish jarayonida tinglab tushunish ko‘nikmasi kommunikativ kompetensiyaning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Bu ko‘nikma nafaqat eshitilgan axborotni qabul qilish va qayta ishlashni, balki mazmunni kontekst orqali tushunish, talaffuz va intonatsiya xususiyatlarini farqlashni ham o‘z ichiga oladi. Tinglab tushunishning rivojlanishi til o‘rganayotgan shaxsning nutqiy faoliyatini faollashtiradi, og‘zaki muloqotda ishtirok etish qobiliyatini oshiradi hamda so‘z boyligini tabiiy ravishda kengaytiradi. Zamonaviy o‘qitish metodlarida audio va video materiallardan foydalanish, interaktiv platformalar, podkastlar va real kommunikativ vaziyatlarga yaqinlashtirilgan topshiriqlar tinglab tushunish ko‘nikmasini shakllantirishning samarali vositalari sifatida e’tirof etiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tinglab tushunishga alohida e’tibor qaratilgan ta’lim jarayoni xorijiy tilni ongli va faol o‘zlashtirishga, shuningdek, o‘quvchilar motivatsiyasini oshirishga xizmat qiladi