«INSTITUTSIONAL QOIDA» VA «AXLOQIY VIJDON» AKSIOLOGIK DUALIZMI: JUSTICE–FAIRNESS HAMDA ADOLAT–INSOF JUFTLIKLARINING QIYOSIY TADQIQI

Authors

  • Gulnigor Yazdankulova Author

Keywords:

aksiologik dualizm, institutsional qoida, axloqiy vijdon, justice, fairness, adolat

Abstract

Maqolada adolat semantik maydonidagi «institutsional qoida» va «axloqiy vijdon» aksiologik dualizmi inglizcha justice–fairness va o‘zbekcha adolat–insof juftliklari misolida qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi ushbu leksemalarning semantik tuzilishi, kollokatsion muhiti va baholash yo‘nalishidagi o‘xshashlik hamda farqlarni aniqlash, shuningdek, ikki tildagi juftliklar o‘rtasida aksiologik muvofiqlik qay darajada mavjudligini baholashdir. Material izohli lug‘atlar ta’riflari, ularning misollari, turg‘un birikmalar va kontekstual qo‘llanishlar asosida to‘plandi. Tahlilda komponent tahlil, kollokatsion tahlil va aksiologik parametrlar bo‘yicha taqqoslash usullaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, justice va adolat tashqi, jamoaviy va me’yoriy mezonlarga tayansa, fairness va insof munosabat, muvozanat va ichki mas’uliyatga yaqin. Biroq bu mos kelish to‘liq emas: fairness ko‘proq protsedura va o‘yin qoidalariga, insof esa vijdon va diniy-axloqiy javobgarlikka bog‘langan, adolat leksemasi esa o‘zbek tilida ikki qutbni birgalikda qamrab oladi. Tadqiqot xulosalari qiyosiy semantika, aksiolingvistika va tarjimashunoslik uchun ahamiyatli

Downloads

Published

2026-10-27