GEOMETRIK YASASHLAR ORQALI GIRIH KOMPOZITSIYALAR TUZISHDA GRAFIK DASTURLARNING AHAMIYATI
Keywords:
girih, geometrik yasash, geometrik naqsh, kompozitsiya, simmetriya, muntazam ko‘pburchak, grafik dasturAbstract
Ushbu maqolada geometrik yasashlar asosida girih kompozitsiyalarini yaratishda zamonaviy grafik dasturlarning ahamiyati, ularning texnik va badiiy imkoniyatlari hamda ta’lim jarayonida qo‘llanilish xususiyatlari yoritilgan. Girih naqshlarining matematik-geometrik asoslari, simmetriya, muntazam ko‘pburchaklar, aylana, burchak va kesishuvchi chiziqlardan foydalanish tamoyillari tahlil qilingan. Shuningdek, CorelDRAW, Adobe Illustrator, Inkscape va GeoGebra kabi dasturlarning girih kompozitsiyalarini loyihalashdagi imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. An’anaviy geometrik yasash usullarini raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchilarning fazoviy tafakkuri, matematik savodxonligi, estetik didi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada girih naqshini yaratish bosqichlari va grafik dasturlardan foydalanishga oid amaliy tavsiyalar ham berilgan