LIMFA TIZIMI VA UNING FUNKSIYASI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT

Authors

  • Shahlo Rajabboyeva Author

Keywords:

Limfa tuguni, Limfa poyalari va yo’llari, Oyoq limfa tomirlari va tugunlari, Chanoq limfa tomirlari

Abstract

Limfa tizimi (systema lymph atictim) qon tomirlar tizimining asosiy qismidan biri bo'lib, u to'qima suyuqligini so'rib limfa hosil qilish va uni vena tizimiga olib borish vazifasini bajaradi. U vena tizimining yordamchi qismi bo'¬ lib, tuzilishi jihatidan unga o'xshaydi. Ushbu maqolada Limfa (lym pha - toza suv) bu rangsiz suyuqlik bo'lib, tarkibi plazmaga o'xshash oqsillarning kolloid eritmalari, hujayra elementlari (limfositlar, eozinofillar) bilan birga to'qimada modda almashinuvida hosil bo'lgan har xil yot moddalar, mikroorganizmlar, o'lik hujayralardan iborat bo'lashi haqida so’z boradi.Bundan tashqari bu maqolada Limfa kapillyarlari bosh va orqa miya, ularning pardalarida, tog’aylar, ko‘zning shox pardasi va gavhari, ichki quloq, teri va shilliq pardalar epiteliysi, taloq parenximasi, suyak iligida bo’lmasligi haqida ko’rib chiqiladi. Limfa tizimi tarkibiga limfani o‘tkazuvchi yo’llar (limfa kapillyarlar, limfa tomirlari, poyalari va yo’llari) va limfositlar rivojlanadigan joylar (suyak iligi, ayrisimon bez, limfa tugunchalari, murtaklar, taloq pulpasi va limfa tuguni kiradi. Limfa kapillyarlari (vasa lym phcapillaria) qon tomir kapillyarlariga nisbatan keng va tekis emas. Ular o‘zaro birikib, limfokapillyar to‘rlarini (rete lym phocapillare) hosil qiladi. Limfa kapillyarlaming devori bir qavat endoteliy hujayralaridan tuzilgan. Ular o‘zaro qo'shilib, limfa tomirlarini hosil qiladi

Downloads

Published

2026-09-09