RAQAMLI DISKURSDA GENDER KREATIVLIGI VA NUTQIY XULQ-ATVORNING SOTSIOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
raqamli diskurs, gender lingvistikasi, sotsiolingvistika, nutqiy xulq-atvor, lingvistik kreativlikAbstract
Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikning eng dolzarb yo'nalishlaridan biri - raqamli makonda, xususan, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar muloqotida gender kreativligi hamda nutqiy xulq-atvorning sotsiolingvistik xususiyatlari tadqiq etilgan. Internet kommunikatsiyasining rivojlanishi an'anaviy gender stereotiplarining transformatsiyasiga va raqamli nutqda yangicha lingvistik ijodkorlik (kreativlik) shakllarining yuzaga kelishiga sabab bo'lmoqda. Tadqiqot jarayonida virtual diskursda erkak va ayol foydalanuvchilarning leksik, sintaktik, grafik va pragmatik darajadagi farqlari, emojilar va stilistik vositalardan foydalanish chastotasi o'rganildi. Mashhur ijtimoiy tarmoqlar (Telegram, Instagram, Facebook) platformalaridan olingan empirik materiallar tahlili shuni ko'rsatadiki, raqamli diskurs gender o'ziga xosligini namoyon etishning moslashuvchan maydoni bo'lib, unda lingvistik kreativlik ijtimoiy status, hissiy ekspressivlik va nutqiy xulq-atvorni shakllantirishda boshqaruvchi omil bo'lib xizmat qiladi