YASHIL IQTISODIYOTNING INVESTITSION JOZIBADORLIGI: BARQAROR RIVOJLANISH SHAROITIDA KAPITAL OQIMLARINING TRANSFORMATSIYASI

Authors

  • Farhod Ulug’murodov Author
  • Ruslon Ro’zimboyev Author
  • Mansur Xudayberdiyev Author

Keywords:

Yashil iqtisodiyot, investitsion jozibadorlik, barqaror rivojlanish, ESG mezonlari, yashil moliya

Abstract

Mazkur maqolada yashil iqtisodiyotning investitsion jozibadorligi barqaror rivojlanish sharoitida kapital oqimlarining o‘zgarish tendensiyalari asosida ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Global miqyosda ekologik muammolarning kuchayishi va resurslardan samarali foydalanish zaruriyati yashil iqtisodiyotga yo‘naltirilgan investitsiyalarni strategik ahamiyatga ega yo‘nalishga aylantirmoqda. Tadqiqotda yashil investitsiyalarning shakllanish omillari, ESG mezonlarining moliyaviy qarorlarga ta’siri hamda yashil moliyaviy instrumentlarning (yashil obligatsiyalar, barqaror kreditlar va boshqalar) iqtisodiy samaradorligi o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada davlat siyosati va institutsional mexanizmlarning yashil investitsiyalar oqimini rag‘batlantirishdagi roli tahlil qilinadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar sharoitida yashil loyihalarning moliyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha mavjud muammolar va ularning yechim yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari yashil iqtisodiyotga investitsiyalar nafaqat ekologik barqarorlikni ta’minlash, balki uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish va raqobatbardoshlikni kuchaytirishning muhim omili ekanligini ko‘rsatadi

Downloads

Published

2026-05-03